Zarafshon shahar 12-umumta'lim maktabi » UZ » Zarafshon shahar 12-maktabida 25.03.2021 kuni o’quvchilar o'rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi.

Zarafshon shahar 12-maktabida 25.03.2021 kuni o’quvchilar o'rtasida shaxmat musobaqasi o'tkazildi.

Zarafshon shahar 12-umumiy orta talim maktabida oquvchi yoshlarning qiziqishiga

kora  axborot texnologiyalari yonalishida tashkil etilgan togaraklarda informatika fani oqituvchilari rahbarligida oquvchi yoshlarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan kompyuter oyinlaridan SHAXMAT  chempionati otkazilganligi haqida                                                        

                                   BAYONNOMA

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda raqamlashtirilgan muhitda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylandi. Jamiyatda raqamli texnologiyalarning yangi to’lqini kutulmoqda, bu esa barcha sohalarni innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-yo’nalishi bo’yicha “Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” yuzasidan maktabimizda o’quvchi yoshlarning qiziqishiga ko’ra  axborot texnologiyalari yo’nalishida tashkil etilgan to’garaklarda informatika fani o’qituvchilari rahbarligida o’quvchi yoshlarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan kompyuter o’yinlaridan SHAXMAT  chempionati o’tkazildi. O’quvchilar o’tkazilgan SHAXMAT chempionatida quyidagi o’rinlarni egallashdi: 

1 O’RIN: Sobirov Sarvar   6-B sinf o’quvchisi

2-O’RIN: G’iyasiddinov Ozodbek  5-B sinf o’quvchisi

3-O’RIN: Bekpo’latov Dilshod  5-D sinf o’quvchisi

   Maktab bosqichida Sobirov Sarvar 1-o’rinni egallab shahar bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.


muxbir
26-03-2021, 17:35
Hurmatli tashrif buyuruvchi, siz ushbu sahifaga mehmon sifatida tashrif buyurdingiz.
Sizga Ro'yxatdan o'tishni tavsiya qilar edik yoki o'z akkauntingizdan qayta kirishni amalga oshiring.

Fikrlar 0 Fikr bildirish