Zarafshon shahar 12-umumta'lim maktabi » UZ » Maktabimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Mangu porlar qadr quyoshi" deb nomlangan shahar seminari tashkil etildi.

Maktabimizda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Mangu porlar qadr quyoshi" deb nomlangan shahar seminari tashkil etildi.

Bugun 26- yanvar kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahar 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan "Mangu porlar qadr quyoshi"  deb nomlangan shahar seminari tashkil etildi. Ushbu seminar ochiq darslar, bahs-munozaralar, bellashuvlar va she'rxonlik kechalariga boy tarzda o‘tkazildi. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Hasanova Hilola "Alisher Navoiy hayoti va ijodi." Mahbub ul-qulub"asari " mavzusida, Boboyorova Husniya "Alisher Navoiy hikmatlari"  mavzusida, Ochilova Halima " Shakldosh so‘zlar" mavzusida ochiq darslar, Sharipova Norbibi "Mangu porlar qadr quyoshi" nomli ochiq to‘garak mashg‘uloti hamda G‘oyibnazarova Gavhar "Alisher Navoiy-ma'naviyat sarchashmasi"  deb nomlangan bilimdonlar bellashuvlarini qiziqarli va innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etib, o‘z pedagogik mahoratlarini namoyish etdilar. Darslardan so‘ng "Erk-u baxt timsoli- ulug‘ Alisher"  mavzusi ostida  yuqori saviyadagi tadbir barchaning ko‘ngliga manzur bo‘ldi. Tadbir tashkilotchisi Musoyeva Feruza ustozimizga barcha minatdorchilik bildirdi. Tadbir so‘ngida shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xotamova Oydin Odilovna "So‘z xiyoboni"," Xalqaro termin elementlarining izohli-illyustrativ lug‘ati", "Davlat tilida ish yuritish"  kitoblari taqdimotini o‘tkazdi
muxbir
26-01-2021, 22:55
Hurmatli tashrif buyuruvchi, siz ushbu sahifaga mehmon sifatida tashrif buyurdingiz.
Sizga Ro'yxatdan o'tishni tavsiya qilar edik yoki o'z akkauntingizdan qayta kirishni amalga oshiring.

Fikrlar 0 Fikr bildirish