Yanvar oyida Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Tabiiy fanlar oyligi”da kimyo fan uslubiy birlashma a’zolarining fan oyligi o'tkazildi
Yanvar oyida Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Tabiiy fanlar oyligi”da kimyo fan uslubiy birlashma a’zolarining fan oyligida quyidagi ishlarni olib bordilar:
- Tabiiy fanlar oyligini kutib olish oylik rejani tuzishdan boshlandi,shu reja asosida barcha jarayonlar amaliyotga joriy qilindi.Oylik davomida bajariladigan barcha ishlar asosan tabiiy fanlarga o’quvchilar qiziqishini oshirishga,bilim sifatini oshirishga, fanlarda ma’lumotlar bazasini boyitishga,o’quvchilarning barcha qatlamini qamrab olishga qaratildi.
- 4-yanvarda maktab kirish zallari, ajratilgan burchaklar,fan xonalari darsga tayyor qilib quyildi.
- 11-yanvar o’quvchilarning darsga qaytish kuni,”Tabiat, kimyo va ekologiya” mavzusidagi ertalabki radioeshittirish orqali fan oyligi ochildi va ko’tarinki ruhda o’quvchilar maktabda kutib olindi.
- Sinflar,o’quvchilar orasida ko’rgazmalar,devoriy gazetalar,bukletlar tanlovi e’lon qilindi, o’quvchilar faol ishtirok etdi. Bu tanlovda 7-“D” sinf o’quvchi Z. Yusupov go’lib deb topildi.
- Yanvar oyida kimyodan o’tiladigan barcha darslar ochiq darslar deb e’lon qilindi va har bir uslubiy birlashma a’zolari tomonidan na’munali darslar tashkil etildi.
- 9-sinflarda “Metallarning xossalari. Tuzlar eritmalariga metallarning ta’siri” mavzusida o’tilgan dars jarayonida o’qituvchi L.K.Axadova mavzuni hayot, turmush bilan bog’lab,mantiqiy, munozarali savollarni o’rtaga tashlash orqali dars samaradorligi yuqori bo’lishiga,dars jarayonidagi amaliy, ko’rgazmali, laboratoriya ishlari dars BKM larini oson o’zlashtirishiga olib keldi.
- Maktabda 6 ta 7-sinflar bo’lib,ularni kimyodagi bilimlarini sinash, fanga qiziqishini oshirish maqsadida 7-sinflar orasida” Keling kuch sinashaylik” musobaqasi tashkil etilib, unda 7-“D” sinfning “Mendeleyev izdoshlari” komandasi 87 ball bilan 1- o’rinni, 7-“B” sinf, 7-“V” sinflar 2-, 3- o’rinlarni 85 va 84 ball bilan qo’lga kiritdi.
- Kimyo fani o’qituvchisi N.Pirnazarova 7-“A” sinfda “Suvning tabiatda tarqalishi,uning tirik organizmlar uchun ahamiyati,ishlatilishi” mavzusida tashkil etgan darsda zamonaviy pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanib, yuqori samaradorlikka ega bo’ldi.
- Fan oylik davomida o’quvchilarning bo’sh vaqtini unumli tashkil etishga katta e’tibor berildi, to’garaklar muntazam ish olib bordi. O’quvchilar orasida do’stona muhitni yaratish maqsadida 8-9-sinflar o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini tashkil etildi,tadbir jarayonida kimyo fan to’garaklarining chiqishlari tashkil etilib, tadbirga ko’tarinkilik baxsh etdi.
- Kimyo fani o’qituvchisi F. Utanazarovaning 8-“D” sinfda “Xlorid kislota” mavzusida tashkil etgan ochiq darsi amaliyot bilan bog’langan bo’lib, o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga undadi.
- Kimyo fani o’qituvchilari M. Ergasheva 8-“V” sinfda “ Ekvivalentlik. Ekvivalent qonuni” , D. Fayzullayeva 9-“A” sinfda “Ishqoriy metallar, ularning biologik ahamiyati” , X.Mirzayeva 7-“Ye” sinfda “Vodorodning olinishi.Laboratoriya ishi-8” mavzularida interfaol usullardan foydalangan holda tashkil etgan darslari o’quvchilar hayotida o’chmas bo’lib,darslar buyuk bir asarga teng bo’ldi.Ustozlar vaqtdan unumli foydalangan holda: uchinchisini top,logogrift , kungaboqar yaprog’i,tezkor savol-javob,aql charxi,klaster,Venn diogrammasi,zukkolar baxsi,evrika dars usullaridan o’rinli foydalanishdi.
- Fan oyligidagi tanlov,tadbir,darslarni yuqori darajasida olib borish davom ettirilmoqda. Tadbirlarda faol ishtirok etgan sinflar,guruhlar, o’quvchilar, o’qituvchilarni taqdirlash,rag’batlantirish uchun ularning ro’yxati maktab ma’muriyatiga tavsiya etildi.

muxbir
30-01-2021, 12:35
Fikrlar: 0
Hurmatli tashrif buyuruvchi, siz ushbu sahifaga mehmon sifatida tashrif buyurdingiz.
Sizga Ro'yxatdan o'tishni tavsiya qilar edik yoki o'z akkauntingizdan qayta kirishni amalga oshiring.
Sizga Ro'yxatdan o'tishni tavsiya qilar edik yoki o'z akkauntingizdan qayta kirishni amalga oshiring.